Kante "Chelsi"ni tark etish haqida o'ylamoqda, unga "Real" va "Yuventus" qiziqyapti

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 14:58
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik xizmatlariga "Real" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi ayni damda "Chelsi"ni tark etish haqida o'ylamoqda. Biroq Kante va jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri o'rtasida muammo yo'q.

Oldinroq, Kantega PSJga qiziqayotgani, lekin xavbek Parij klubini asosiy variant deb hisoblamoqda.

27 yoshli Kante 2016 yilda 35,8 mln. evro evaziga "Lester Siti"dan "Chelsi"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10sport.com