

Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi, tomonlar ayni damda shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda. Shu bilan birga, boshqa klublar Kante bilan bog'liq vaziyatni kuzatishmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Ngolo Kantega "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar fransiyalik futbolchi erkin agent bo'lganida, u bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi.
Kante mart oyi oxirida 32 yoshga to'ladi. Yarim himoyachi "Chelsi" safida 262 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



