

"Italiya chempionatiga o'tish faoliyatimda bir qancha o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Men texnika ustun turadigan LaLigadan taktikaga asoslangan A Seriyaga keldim.
Spaletti menga ko'p yordam berdi. Undan himoya chig'ida qanday o'ynash kerakligini o'rganganim uchun minnatdorman. "Inter"da o'tgan davr men uchun juda muhim bosqich bo'ldi. Bu menga Italiyaning eng yaxshi jamoasi "Yuventus"ga yo'l olishimiga sababchi bo'lib qoldi. Allegri – dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri va ajoyib inson. Men undan hali ko'p narsa o'rganishim kerak.
Bu yil juda ko'p narsani o'rgandim. Bu yerda buyuk insonlar va yaxshi do'stlar yig'ilgan. "Yuventus" uchun o'ynashda davom etishni va kelajagimni shu yerda yozishni xohlayman", - deydi Kanselu.




