Kannavaro "Roma"ning tarkibini yuqori baholadi

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 12:13
Italiya termasining sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro "Roma"ning tarkibiga yuqori baho berdi.

"Mourinyu - aqlli inson va zo'r murabbiy. Ilk mavsumidayoq Konferenciyalar ligasini yutdi, menimcha, bu yaxshi start. U jamoaning jismoniy kuchiga kuch, tajribasiga tajriba qo'sha oldi. Shu sababli jamoa sifatli o'ynadi. Jamoaning asosiy tarkibi "Milan" yoki "Inter" darajasida. Biroq ko'p narsa zaxiraga ham bog'liq", - dedi italiyalik.

Yozda "Roma" tarkibida Jorjino Veynaldum, Paulo Dibala kabi top-futbolchilar kelib qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriero dello Sport