Kanchelskis: "Shomurodov dovyurak, bizning pasportdagi futbolchilarga esa hech narsa kerak emas"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021, 21:53
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Hujumchi "Rostov" safida 2017 yildan 2020 yilgacha to'p surgan.

Uning so'zlariga ko'ra, Shomurodov dovyuraklik qildi, qo'rqmasdan Genuyaga bordi va u yerdan top klubga yo'l oldi. Endi u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'lgan Joze Mourinyu qo'l ostida o'ynaydi.

Kanchelskisning qo'shimcha qilishicha, rossiyalik futbolchilar uyda o'tirishadi va Rossiya pasporti tufayli hech qaerga ketishni xohlamaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru