Kanchelskis Yevropa ligasida qaysi jamoa g'olib bo'lishini aytdi

Eldor Akmurzayev
27 may 2019, 22:35
Navbahor bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Yevropa ligasining final bahsida qaysi jamoa g'olib bo'lishi mumkinligi haiqda fikr bildirdi.

Chelsi hamda Arsenal o'rtasidagi hal qiluvchi bahs 29 may kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tadi.

“Ikkita ajoyib jamoa bir-biriga qarshi to'qnash keladi. Bahsda ko'p gol urilishini kutmoqdaman. G'oliblikka asosiy da'vogar qaysi klub degan masalaga keladigan bo'lsak, bu Chelsi. Bu jamoada yaratuvchi futbolchilar ko'p va jamoa ham Arsenalga nisbatan ancha muvozanatlashgan. To'pchilar bir maromda o'ynay olmaydi. Yaxshi o'ynaydigandek ko'rinadi. Biroq, barchasi puchga chiqadi. O'ylashimcha, Chelsi Yevropa ligasida zafar quchadi”, – deya qayd etgan 50 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Euro-football