Kanada jamoasi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Kanadaning "Toronto" futbol klubi e'tiboriga tushgani ma'lum bo'ldi.

Jamoa bosh murabbiyi, kelib chiqishi Yamaykadan bo'lgan amerikalik Robin Freyzerning fikricha, klub yozgi transfe rkampaniyasini yakunlagan. MLS'da (AQSH va Kanada oliy ligasi) asosiy transfer oynasi 23 aprel kuni yopiladi. Ammo "Toronto" murabbiyi yaqin kunlarda yangi futbolchilar kelishini kutmayapti.

Ma'lum bo'lishicha, Kanada jamoasiga bir qancha futbolchilar jalb qilinishi kutilgan. Ular orasida amerikalik Jonatan Lyuis, chililik Lukas Assadi, ispaniyalik Suso va o'zbekistonlik Shomurodov bo'lgan. Biroq aniq takliflar bildirilmagan.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov yaqinda "Roma" bilan shartnomasini uzaytirgan edi.Italiya poytaxtida qolish uchun forvard hatto maoshi kamayishiga rozilik bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WTR