Kamoliddin Tojiev "Persepolis"ga qarshi o'yin oldidan: "O'runov bizning akademiyadan yetishib chiqqan. Ertaga unga qarshi qanday harakat qilishimizni ko'rib olasiz"

Alisher
30 sen 2024, 01:01
"Paxtakor" ertaga OFK Elit chempionlar ligasi doirasida "Persepolis"ga qarshi bahs olib boradi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida "sherlar" murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev ishtirok etdi.


- "Persepolis" Eronning amaldagi chempioni va katta tajribaga ega jamoa hisoblanadi. Yuqori saviyali futbolchilarga ega, yaxshi shakllangan. Raqibni hurmat qilamiz. Bizni juda qiziqarli o'yin kutmoqda deb o'ylayman.

O'runov bizning akademiyadan yetishib chiqqan. Uni yaxshi bilamiz. Ertaga unga qarshi qanday harakat qilishimizni ko'rib olasiz.

"Persepolis" hujumga juda tez o'tadi va qanotlarda faol o'ynaydi. Himoyasida bo'sh hududlar qoldirishi mumkin. Ularni yaxshi o'rganib chiqdik, - dedi Tojiev.




Sardor Sobirxo'jaev: - Bu ergacha uzoq yo'l bosishimizga to'g'ri keldi. Jamoada kayfiyat yaxshi, ertaga uyga uch ochko bilan qaytishga urinamiz.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати