Kamoliddin Tojiev: "Bugun butun mavsumga etadigan vaziyat yaratdik, to'p darvozaga kirishni istamadi"

Alisher Ostonov
14 iyun 2025, 22:34
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiev fikrlarini bildirdi.

"Assalomu alaykum. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bugun o'yin to'liq nazoratimiz ostida o'tdi. Bugungi o'yinda yaratilgan vaziyatlar butun mavsumga etadi. Lekin to'p darvozaga kirmadi. Yigitlar o'z o'yini bilan meni xursand qilishmoqda",- deydi Tojiev. 


- "Bunyodkor" bugun yaxshi himoyalandimi?

- Ko'p vaziyat yaratdik, oxirgi nuqtani qo'yishda omadimiz kelmadi. Terma jamoaga borgan futbolchilar ham charchagani yo'q, bor kuchi bilan o'ynadi. 

- Pedru Moreyra qisqa tatilga chiqqaniga 40 kun bo'ldi. Bu qisqa tatil edimi yoki murabbiy jamoadan ketganmi?

- Bu savolni rahbariyatga berganingiz maqul. 

- Riaskos zaxiradan tushgach hujumlar ko'paydi. Lekin hujumlar ko'p samara bermadi. Bu nima bog'liq?

- Riaskos o'yinga kirishib keta olmadi. FIFA kunlarida yaxshi ishladik.



O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia