Kaminero: “Manjukich – “Atletiko”ga kerak bo'lgan hujumchi

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2014, 12:03
Madridning “Atletiko” klubi sport direktori Xose Luis Kaminero, klub Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich bilan shartnoma imzolaganidan xursandligini bildirdi.
Kamineroning fikricha, Manjukich jamoaga juda foydali.

“Manjukichning “Atletiko”ga o'tishi bu ajoyib yangilik. U biz qidirgan futbolchi. U kuchli zarbaga ega va ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan oliy toifali huchumchi. Biz u bilan birga raqib himoyasiga pressing uyushtirishimiz mumkin. U jamoadoshlarini yaxshi tushunadi va yuqori darajada o'ynashga tayyor” – deydi Kaminero.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com