Kalinich yozda "Milan"dan ketishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
18 mar 2018, 20:39
"Milan" futbolchisi Nikola Kalinich mavsum yakunlanganidan so'ng jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, milanliklar bosh murabbiyi Jenarro Gattuzo 30 yoshli futbolchining ayni paytdagi holatidan norozi.

Ma'lumot uchun, hujumchi shu kungacha "rossoner"lar safida 30ta o'yin o'tkazib, 4 marotaba raqiblar darvozasiga gol kiritgan. U o'tgan yilning yozida "Milan" safiga borib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net