Kaka: "Har doim ham Mourinyoning gapiga qo'shilmas edim, ammo keyin meni maqtadi"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2015, 14:16
Hozirda "Orlando Siti" safida o'ynayotgan "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Kaka "qaymoqranglilar" safida Joze Mourinyo bilan munosabatlari qanday bo'lgani haqida so'zlab berdi.

"Real"da menga barqarorlik yetishmas edi. Avvaliga jarohatlar tufayli, keyin esa murabbiy. Ammo doimo professional bo'lib, uning qarorlarini hurmat qilganman. Munosabatlarimiz yomon bo'lmagan. To'g'ri, bazida uning fikrlariga qo'shilmas edim, ammo ishlashda davom etishdan boshqa yo'l yo'q edi. Natijada u meni professional deb maqtadi. Odamlar meni aynan shunday eslab qoladi degan umiddaman. "Real"da qo'limdan kelgan barcha ishni qilganman" - deydi Kaka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com