Kaka: "Gattuzoda "Milan" qoni bor, agar u klubni YCHLga qaytarsa..."

17 mar 2019, 17:43
"Milan"ning sobiq futbolchisi Kaka Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi jamoaning o'yinlari borasida fikr bildirdi.

"Siz, u qiyin vaziyatlarda qanday tair o'tkazganini ko'rdingiz. Gattuzoda "rossonerilar" qoni bor. Agar "Milan"ni YCHLga qaytarsa ajoyib ish bo'lardi. Bunga vaqt kerak, lekin biz milanliklar futboli yangilanganiga guvoh bo'ldik. "Inter" muvaffaqiyatli bo'lmasa ham Chempionlar Ligasiga qaytdi. "Milan" esa A Seriyada 3-o'rinni egallab turibdi. 

"Yuve"ga yetib olish qiyin, ammo Leo va Maldini yaxshi ishlashmoqda. Transfer bozorida kichik xaridlarni amalga oshirganiga qaramasdan, jamoa yaxshilanib boryapti. Shuningdek, moliyaviy bosqichda "Milan" barqarorlikni ushlab qolishi muhim hisoblanadi", - deya Kakaning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia