Jurnalist Elias: "Byudjeti 1,1 mlrd evro bo'lgan "Real" ustozi Anchelotti 72 soatlik tanaffussiz o'yindan shikoyat qildi. Byudjeti 200 mln evrodan kam bo'lgan "Betis" hozirgacha 11ta shunday o'yin o'tkazdi"

Alisher
16 mar 2025, 23:48
Sevilyalik jurnalist Karlo Anchelottini taqvim haqidagi so'zlari uchun tanqid qildi.

"Real" bosh murabbiyi kecha klub 3 sutkadan kamroq dam olgan o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortishini ma'lum qildi.

"Anchelotti byudjeti 1,1 mlrd evrodan ortiq bo'lgan "Real" 72 soat dam olmasdan o'yin o'tkazganidan alam bilan shikoyat qildi. Va u jamoa keyingi bunday o'yinga chiqa olmasligi bilan tahdid qilmoqda.

"Betis" yakshanba kuni bu mavsumda 72 soatlik tanaffussiz 11-uchrashuvini o'tkazdi. Uning byudjeti 200 mln evrodan kam. "Vitoriya" va "Leganes" bilan o'yinlar orasida atigi 63 soat vaqt o'tdi," - deb yozadi Pepe Elias.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: x.com/Pepelias17_