Julianoning gollari “Fenerbaxche”ga yirik g'alabani taqdim etdi

18 fev 2018, 00:04
Turkiya chempionatining 22-turida “Fenerbaxche” o'z maydonida “Alanyaspor”dan ustun keldi.

Mezbonlar safida Juliano (2 ta) va Fernando tomonidan kiritilgan gollar yakunda istambulliklarga yirik g'alabani taqdim etdi.

Ayni paytda “Fenerbaxche” 44 ochko bilan chempionat turnir jadvalining ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia