Joze Mourinyu: “Manchester Yunayted” Mxitaryanni unutmaydi”

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2018, 02:41
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanchesning jamoasi safiga kelib qo'shilganiga o'z munosabatini bildirdi.

Xabar berganimizdek, “Arsenal” va “MYU” klublari o'z futbolchilari Aleksis Sanches hamda Genrix Mxitaryanni o'zaro almashishdi. Ikkala o'tish ham bundan bir necha soat avval rasman amalga oshdi.

“Aleksis dunyodagi eng yaxshi hujumkor futbolchilardan biri. U yosh futbolchilardan iborat hujum chizig'imizni sezilarli darajada kuchaytira oladi. Sanches “MYU”ning yana ham kuchli bo'lishiga xissasini qo'shadi. 

Fursatdan foydalanib, Genrixga yangi jamoasida omad tilayman. Ishonchim komil, u ham “Arsenal”da yana ham o'sishga erishadi. Biz uni hech qachon esdan chiqarmaymiz. Ayniqsa, uning Yevropa Ligasidagi g'alabamizga qo'shgan xissasini unutib bo'lmaydi”, - dedi Mourinyo. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif