Joze Mourinyu Fenerbaxchega Bavariya futbolchisini olib kelmoqchi

Khoja
29 iyun 2024, 10:16
Fenerbaxche ustozi Joze Mourinyu jamoada Kingsli Komanni ko'rmoqchi.

Murabbiy turk klubi rahbariyatidan Bavariya vingerini xarid qilishni so'ragan. Biroq Koman hali beri TOP-5 chempionatlaridan ketish niyatida emasligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Koman o'tgan mavsumning katta qismini jarohatlar sababli o'tkazib yubordi. U barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Uning Bavariya bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com