Joze Mourinyo: "Nazarimda, bu holatda turklarga o'z qoidalarimni o'tkazishim emas, men vaziyatga moslashishim kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024, 11:30
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Turkiya Superligasidagi adaptaciya jarayoni haqida gapirdi.

"Ehtiros, sevgi, ishtiyoq aynan mening futbolga bo'lgan munosabatim bilan to'liq mos keladi. Lekin mening qo'limda bo'lmagan boshqa bazi narsalar ham bor va ular ko'proq madaniyat bilan bog'liq.

Nazarimda, bu holatda men vaziyatga moslashishim kerak - buning aksi emas. Men bu erga chet ellik sifatida tashrif buyurganman hamda kelib bu yerdagilarga o'zimning qoidalarimni o'tkazish niyatida emasman. Men moslashishim kerak... Men sehrgar emasman, shunchaki tajribamdan kelib chiqib ish ko'raman".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: espn.com