Joze Mourinyo o'yindan keyingi matbuot anjumanida nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 23:00
“MYU” ustozi APL 1-turida jamoasining “Vest Xem” ustidan (4:0) qozonilgan g'alabasidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yin qiyin kechdi. Hatto hisob 2:0 vaqtida ham uchrashuv taqdiri hal etilmagandi. “Vest Xem”da ham imkoniyat bo'ldi.

Biz o'yinni yaxshi boshlay olmadik. Asabiy ko'rindik. Ammo keyin yaxshi o'yin namoyish etdik. Menga ishonchli o'yin yoqadi. Biz aynan ishonchli o'yin ko'rsatdik.

Yangi futbolchilar yangi klubda o'zlarini ko'rsatishni istashadi. Hamma ulardan gollar kutadi. Morata, Lukaku, Lyakazet, Runi o'zlarini ko'rsatishdi. Bu ularga ishonch bag'ishlaydi.

Biz mavsumni yirik g'alaba bilan boshladik va birinchi pog'onadamiz.  Ammo bu hech narsani anglatmaydi. Hozir biz uchun  o'zimizga bo'lgan ishonchni yuqori bo'lishi muhim. O'tgan mavsumda “Vest Xem” bilan o'yinda ikki ochkoni yo'qotgandik, bugun uch ochko ishladik”, deydi Joze Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC