

"To'g'ri, men tarkibda bir qancha o'zgarishlar qilmoqchiman. Bilaman, agar kimni tarkibga kiritmasam u bilan oramizda muammolar bor deb tushunasizlar. Agar Terri zaxirada qolsa demak u bilan muammo bor, Fabregas o'yinga tushmasa u bilan muammo. Menda o'zim to'liq ishonadigan jamoam bor va ularning xar biri yuqori saviyadagi futbolchilardir. Qo'l ostimda faqat 11 nafar futbolchi emas, boshqalar ham bor. Demak, o'zgarish qilishim mumkin", - deydi murabbiy.


