Yovetich sonidan jarohat oldi va "Arsenal" bilan o'ynamasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 15:17
Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi Stevan Yovetich Evro-2016 saralashi doirasidagi Moldovaga qarshi o'yindan oldin (2:0) jarohat oldi.
Aynan shu bois Manchester Siti hujumchisi o'yinda maydonga tusha olmadi.

Manchester Evening News nashrining xabariga ko'ra, Yovetich shanba kungi Angliya chempionati doirasidagi Arsenalga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru