Jovanni Leoni dunyoning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2025, 23:57
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Jovanni Leoni yangi jamoadoshi Virjil van Deykni dunyoning eng yaxshi himoyachisi deb atadi.

Bugun 18 yoshli himoyachining 35 million evro evaziga "Parma"dan "Liverpul"ga o'tgani e'lon qilindi.

- Yoshligingda kichik so'rovnomada qatnashganingni ko'rib qoldim, unda van Deyk kumiring ekanligini aytgan ekansan. U bilan birga mashg'ulot o'tash qanchalik zavq bag'ishlaydi?

- Juda. Men uchun u eng yaxshi himoyachi. U bilan tezroq ko'rishishni istayman, - dedi Leoni.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/liverpoolfc