Jorjino "Vulverxempton"ga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 dek 2021, 19:20
Futbolchida jarohat bor.

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Vulverxempton"ga qarshi APL 18-turini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuuxel ma'lum qildi.

"Jorjinoning ishtiroki menda shubha uyg'otmoqda. U "Vulverxempton"ga qarshi o'ynashi dargumon, u so'nggi o'yindagi jarohatidan hali tuzalmagan. Balki Kante va Kovachich asosiy tarkibda maydonga tushadi. Muvozanatni topish muhim, chunki biz Jorjinodan juda ko'p narsani kutamiz.

Loftus-Chik ham "Everton" bilan o'yinda jarohat olgandi. Endilikda tarkibda mutlaqo katta o'zgarishlar qilishga to'g'ri keladi", – dedi "aristokratlar" ustozi.

"Vulverxempton" – "Chelsi" uchrashuvi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com