Jorjino "Napoli"ga qaytishni xohlaydi

Alisher
8 apr 2021, 15:37
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Napoli"ga ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi.

"Men Neapolda ajoyib vaqtni o'tkazganman, ushbu shaharni va mahalliy muxlislarni sevaman. Hozir qaytish haqida o'ylamayapman, mening "Chelsi" bilan shartnomam bor.

Ammo, kelajakda shunday imkoniyat tug'ilsa, men qaytishni xohlardim", - deydi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Jorjino "Napoli"da 2014-2018 yillar davomida o'ynagan. Italiyalik xavbek "Chelsi"da 2018 yilning yozidan beri o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia