Jorje Jezush “Benfika”ga qaytdi

18 iyul 2020, 08:58
U yana qadrdon klubida.

“Benfika” Jorje Jezush jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanganini e'lon qildi. 65 yoshli mutaxassis Lissabon klubini 2009-2015 yillarda boshqargan. U klub bilan uch bor Portugaliya chempioni bo'lgan, bir martada mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan. 4 bora Liga kubogida g'olib bo'lgan. Jamoani ikki bor Yevropa Ligasi finaliga qadar olib borgan. Jezush keyinroq “Sporting”ni ham boshqaradi. 2019 yilda esa Braziliyaning “Flamengo”ga ustozlik qilib, jamoasi bilan Braziliya chempionati va Libertadores Kubogida g'olib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бенфика” расмий сайти