

Toshkentlik hakam joriy mavsum andijonliklarning Pro liga doirasida "Buxoro" va "Zomin"ga qarshi o'yinlarda ishladi hamda ikkala bahsda ham hisob ochilmadi. Shuningdek, u viloyatning yana bir jamoasi "Andijon-2"ning O'zbekiston kubogi doirasida "Sho'rtan"ga qarshi uchrashuvini ham boshqargan va unda g'uzorliklar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Qiziq tomoni, 2020 yilgi Superliga bahslarida ham Serazitdinov boshqargan o'yinlarda "Andijon" murosa ko'chasini tanlagan ("So'g'diyona" - 1:1, "Navbahor" - 0:0).
"Andijon" so'nggi bor 2019 yil ushbu hakam bridagasi ishtirok etgan o'yinda "Qizilqum"ni mag'lubiyatga uchratgan (1:0).



