

Ushbu turda "Roma" "Sassuolo" mehmoni bo'ldi. Rimliklar Edin Jeko (2ta) va Raja Nainggolanlarning goli tufayli 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Shunday qilib, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Jeko joriy mavsum kuchli beshlik chempionatlari orasida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. U Italiya chempionatining 10 uchrashuvida 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Joriy mavsum kuchli beshlik chempionatlarida eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1. Edin Jeko ("Roma") - 10 ta

2. Edinson Kavani (PSJ) - 9 ta

3. Mauro Ikardi ("Inter") - 8 ta

4. Antoni Modest ("Kyoln") - 8 ta

5. Chiro Immobile ("Lacio") - 8 ta




