Jordi Alba koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
28 dek 2021, 16:17
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba koronavirusga chalindi.

Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oldinroq, himoyachilar Kleman Langle va Dani Alvesga musbat test topshirishgandi. Ularning barchasi o'zini yaxshi his qilmoqda va uyida izolyaciyada.

"Barselona" keyingi o'yinini 2 yanvar kuni o'tkazadi. Kataloniya klubining raqibi "Malorka" bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com