Jon Terri Pro licenziyasini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 20:40
Angliya TJ va “Chelsi” sobiq himoyachisi Jon Terri UEFAning Pro murabbiylik licenziyasini oldi.

40 yoshli ingliz joriy yil FA Level 5 UEFA Pro Licence 2021 murabbiylik kurslarining 24 bitiruvchisidan biriga aylandi.

Endi Terri yuqori ligalardagi professional futbol klublarida bosh murabbiy sifatida ishlashi mumkin.

Avvalroq, Jon Terri “Derbi Kaunti”ni boshqarishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. U ayni vaqt “Aston Villa” murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: news.sportbox.ru