Jon Terri "Manchester Yunayted"dagi holat bo'yicha qanday fikrda?

Mirjalol Normatov
9 sen 2018
Mashhur himoyachi Jon Terri "Manchester Yunayted"ning muammolari haqida fikr bildirdi.

"Mourinyoning qo'l ostida har doim ajoyib futbolchilar bo'lgan. Hozir esa MYUda ham shundaylar borligiga ishonchim komil emas. Joze mavsumoldi mashg'ulotlaridan birida meni uyaltirgandi. U to'pni to'xtatib, planshetni tashlab, mening oldimga kelib: "Agarda yana bir marta to'pni yo'qotadigan bo'lsang, seni 50 mln evroga boshqa jamoaga sotib yuboraman", degandi.

Shundan keyin har bir uchrashuvda jonimni berib qatnashardim. Mourinyo nima qilayotganini biladi. Shu boisdan ham biz yaxshi o'yin ko'rsatganmiz. U Lempard, Drogba, Ballak, Koul kabi futbolchilar bilan birga ishlagan. O'shanda barcha futbolchilar Mourinyo tomonda edi va barcha uning aytganini qilardi. Hozir esa u shoshilishi kerak. Yo'qsa, "Manchester Yunayted" kuchli to'rtlikka ham kira olmaydi", - dedi Terri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail