Joi Barton: Mark Xyuz rasvo murabbiy

“Byornli”ning sobiq o'yinchisi, “Stok Siti”dagi yomoni natijalari sabab iste'foga chiqarilgan murabbiy Mark Xyuz borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Mark Xyuz menga yoqmaydi. Men uni yaxshi murabbiy deb o'ylamayman. U bilan “Kuinz Park Reynjers”da ishlaganman. “KPR”da u bilan hammasi rasvo bo'lgan. Mark “Stok”ni ham shunday qildi. Jamoa u bilan oldinga qadam tashlamadi, Mark o'yinchilarning maoshiga ko'p pul sarflanishiga sababchi bo'ldi, ammo jamoani kuchli qila olmadi”.

Eslatib o'tamiz, “Stok Siti” hozirda APLda 22 ta o'yin o'tkazib, 18-o'rinni egallab turibdi.



Manba: Championat.com