Jo Ledli terma jamoa sabab to'yini qoldiradi

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2016
Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Jo Ledli katta ehtimol bilan to'y sanasini o'zgartiradi.
Bunga uelsliklarning Evro-2016dagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab bo'ldi.

"To'y sanasini o'zgartirishimizga to'g'ri keladi. Bo'lajak turmush o'rtog'im hammasini tushunadi, futbol birinchi o'rinda turadi. Terma jamoa uchun o'ynash faxr, ayniqsa bu jamoaning tarixdagi eng omadli davr bo'lsa", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Evening Standard".

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Evening Standard