Jizzaxlik ishqibozlar Bekobodga borishadi

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2016, 16:51
"So'g'diyona" ertaga yangi mavsumdagi dastlabki uchrashuvni o'tkazadi

Ertaga oliy liga o'yinlari start oladi. “So'g'diyona” 5 mart kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuvga 16:00 da Bekoboddagi “Metallurg” stadionida start beriladi. O'z sevimli jamoalarini stadiondan turib jonli ravishda qo'llab-quvvatlab turish uchun Jizzaxlik muxlislar ham ushbu o'yinga tashrif buyurishni rejalashtirishgan. Mehmon jamoa muxlislari uchun o'ng darvoza ortidagi sektordan joy ajratilgan.
Futbolga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni “Metallurg”-“So'g'diyona” uchrashuvini stadiondan kuzatib, jonli qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcsogdiana.com