

"Bu jahon chempionatidan so'ng o'tkazgan eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi. Vaziyatlardan foydalandik, yaxshi kombinaciyalar amalga oshirdik. Moldovaga qarshi bahsdan farqli o'laroq, biz butun bahs davomida yaxshi harakat qildik.
Haqiqiy hujumchilarning golini urdim. O'z oldimga terma jamoa to'purarlari ro'yxatida Platiniga yetib olish maqsadini qo'ydim, biroq eng asosiysi - milliy jamoa muvaffaqiyati. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'lish uchun gol urishim lozim" - deydi Jiru.
Olive Jiru "uchranglilar" safida 35ta gol urishga erishdi. Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Terri Anri (51ta gol). Keyingi o'rin Mishel Platiniga (41ta gol) tegishli.



