Jiru: "Ibragimovichni sevaman. U bilan yana va yana o'ynashni xohlayman"

Alisher
17 okt 2021, 16:33
"Milan" hujumchisi Olive Jiru A Seriya 8-tur doirasidagi "Verona" (3:2)ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Tanaffusda "rossonerilar" 0:2 hisobida yutqazayotgan edi.

"Tanaffusda bu yakun emasligini o'yladim va bizdan ozgina ko'proq iroda ko'rsatish talab etildi. Bizga o'yinga kirib olish uchun qandaydir vaqt talab etildi, jumladan menga ham.

0:2 hisobidan so'ng kambek amalga oshirganimiz muhim. Buni o'z muxlislaring oldida qilish - juda ehtirosli holat. Men juda baxtliman.

Ibragimovich? Men uni sevaman. U bilan yana va yana o'ynashni xohlayman!", - deydi Jiru.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia