Jiru Fransiyaning JCH-2022 finalidagi mag'lubiyatini izohladi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022, 14:29
Fransiyaliklar chempionlikni himoya qila olishmadi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru JCH-2022 finalidagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Natija dahshatli bo'ldi, ammo fransiyaliklar bizni qo'llab-quvvatladilar. Bunday damlarda yashash yagona quvonchdir. Biz bir-birimizni quchoqlab, mavsumning ikkinchi qismi uchun quvvatimizni to'ldirish maqsadida tatilga chiqamiz. Bir yarim oy birga o'tkazgan davrimizdan keyin terma jamoa bilan xayrlashish qiyin. Biz bir oila, aka-uka kabimiz", – dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati finalida Argentinaga mag'lub bo'lgan edi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ​FT1