

"Hal qiluvchi faktor bosh murabbiy Antonio Konte bilan suhbat bo'ldi. U men bilan ishlamoqchi ekanligini tezda his qildim. Faqat "Chelsi"ga o'tishni istadim. Ko'proq o'ynashni istadim, shu bilan birga Premer-ligani tark etishni xohlamadim va "Chelsi" men uchun ideal variant.
Biz Konte bilan juda yaxshi tanish emasmiz, ammo u futbolchilar bilan muloqot qilishi menga yoqadi. Murabbiy va o'yinchi o'rtasidagi aloqa juda muhim" - deydi Jiru.
Qishki transfer oynasining so'nggi kunida Jiru "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tdi.



