Jiru “Chelsi”ning “Slaviya”ga qarshi o'yindagi barcha golida ishtirok etdi

19 apr 2019, 08:43
London klubi kecha “Slaviya”ni 1/4 finalning javob bellashuvida 4:3 hisobida mag'lub etdi.

“Ko'klar” hujumchisi Olive Jiru uchrashuvda London klubi kiritgan 4 ta golda ham ishtirok etdi. Hujumchi 1 ta gol urgan bo'lsa, Pedroning 2 ta goliga uzatma berdi. Shuningdek, Simon Deli avtogol urgan vaziyatda ham hujumni Jiru boshlab bergandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia