Jiru: “Arsenal” futbolchilari Vengerning qolishini istashyapti”

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017, 00:15
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Olive Jiru jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerning shartnomani uzaytirishiga umid qilmoqda.

Vengerning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'ngida nihoyasiga etadi.

“Men va boshqa barcha futbolchilar Vengerning shartnomani uzaytirishi hamda bizlarga mashg'ulot o'tkazishni davom ettirishini istaymiz. Futbolchilar Arsenni qo'llab-quvvatlaydi. Angliya Kubogi hamda YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishni xohlaymiz”, - dedi Jiru.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+