Jilberto: "Grilish "Arsenal"ning kelajagiga aylanishi mumkin"

14 noya 2020, 23:08
Londonning "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Jilberto Silva "to'pchilar" "Aston Villa" vakili Jek Grilish bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytdi.

"U bunday qobiliyat bilan maydon markazida chiroyli futbol namoyish qiladigan o'yinchilardan biri hisoblanadi. Jek to'pni nazorat qiladi, gollar urishi, bu borada jamoadoshlariga ham ko'maklashishi mumkin.

Grilish Dennis Bergkampdan biroz farq qiladi, u "Arsenal"ning kelajagiga aylanishi mumkin", dedi braziliyalik sobiq futbolchi.

Avvalroq angliyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning o'rinbosari sifatida ko'rilayotgani, tez orada "Manchester Yunayted" tarkibiga qo'shilishi mumkinligi to'g'risida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com