Jezus Agueroning vaqti kelganiga ishora qildi

Alisher
25 dek 2019
"Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus ingliz jamoasida imkoniyatlarini kutib o'tirishdan charchaganini aytib o'tdi.

Jezus bunda Agueroning yoshiga e'tibor qaratgan. Shu bilan birga, u raqibga katta hurmat bilan qarashini qo'shimcha qildi.

"Birinchi davrada Serxio mendan ko'ra ko'proq o'ynadi. Bilaman, u afsona, eng zo'r to'purar va ajoyib inson.

Men uning endi yosh emasligini ham bilaman. Endi vaqt keldi. Har qanday holatda ham murabbiyning qarorini hurmat qilaman. O'ynashni va gollar urishni xohlayman", - deydi Jezus.

Gvardiolaning joriy mavsumdagi tanlovi Aguero bo'lib qolmoqda, Braziliyalik argentinalik futbolchi jarohat olgan paytda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.


AlisherMuallif
Manba: BT Sports