Jeyson Murilo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
Tolibjon Qosimov
14 apr 2017, 20:48
"Inter" himoyachisi Jeyson Muriloga bir qator ingliz klublari qiziqish bildirishayapti.
Manbaning ma'lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchini "Tottenxem", "Manchester Siti" va "Lester" kabi jamoalar o'z saflarida ko'rishmoqchi. Bu mavsum Murilo A seriyada 23ta o'yin o'tkazdi.