Jeydon Sancho rekord o'rnatdi va golini Kobi Brayantga bag'ishladi

2 fev 2020, 02:15
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Germaniya Bundesligasi 20-turidan o'rin olgan "Union"ga qarshi uchrashuvda kiritgan golini afsonaviy basketbolchi Kobi Brayantning xotirasiga bag'ishladi.

Angliyalik xavbek uchun mazkur gol Germaniya Bundesligasidagi umumiy hisobda 25-si bo'ldi. Sancho shu tariqa Bundesligada 25 golga mualliflik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 26 yanvar kuni 41 yoshli Kobi Brayant va uning 13 yoshli qizi Los-Anjeles yaqinidagi Kalabasas shahrida, vertolyot qulashi oqibatida halok bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports