Jessi Marsh Lesterni boshqarishdan bosh tortdi

Alisher
10 apr 2023, 09:47
Deyarli shartnoma bandlarining barchasini kelishib olgan Jessi Marsh Lester bosh murabbiyi lavozimidan voz kechdi.

49 yoshli Marsh ishdan bo'shatilgan Brendan Rojersning o'rniga Lester bilan kelishuvga yaqin edi.

Biroq, Marsh o'tgan shanba kuni Lesterning Bornmutga (0:1) qarshi uchrashuvini stadiondan jamoasi bilan tomosha qilgan. Shundan so'ng o'z xodimlari bilan gaplashgan va yakshanba kuni ertalab tulkilarga boshqa muzokaralar bo'lmasligi haqida xabar bergan.

Tulkilar endi Din Smit, Rafael Benites va Martin O'Nil nomzodlarini ko'rib chiqishlariga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com