Jerrard penalti haqida: “Hakam vaziyatni ko'rmagani achinarli”

Eldor Akmurzayev
12 dek 2021, 08:30
APL 16-turida “Liverpul”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Aston Villa” ustozi Stiven Jerrard o'z fikrlarini aytdi.

“Umumiy olganda “Liverpul” o'yin planida yaxshiroq ko'rindi. Ularning uslubi biznikidan yaxshiroq edi. Ammo biz ham o'zimizni ko'rsata oldik va ularga qarshilik kildik.

O'yin natijasini esa penalti hal qildi. Penalti tepish uchun ikkita vaziyat bo'ldi. Oqibatda “Liverpul” zarba berish huquqiga ega bo'ldi. Agar qayta ko'rsangiz, Saloh Mingzga birinchi bo'lib qo'pollik qilgan.

Mag'lubiyatni qabul qilish har doim qiyin. O'yinda raqibni ushlab qolish ustida ishlashimiz kerakligini bilardik. Bahs yakunini kuchliroq o'tkazdik, o'zimizga ko'proq ishondik, yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik.

Juda oddiy penalti tufayli mag'lub bo'ldik. Boshida Tayronga qo'pollik qilishdi. Hakam (Styuart Ettuell) vaziyatni ko'rish uchun bormagani achinarli”, deydi Jerrard.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport