Jerrard Kloppning so'zlariga javob qaytardi

"Reynjers" bosh murabbiyi va "Liverpul" sobiq futbolchisi Stiven Jerrard Yurgen Klopp uni o'ziga o'rinbosar sifatida ko'rishiga fikr bildirdi.

"Men ham hayron qoldim va hursand bo'ldim. Klopp ertaga iste'foga chiqmaydi va buni bunday bo'lishini xohlamagan bo'lardim. U o'z ishini fantastik tarzda bajarmoqda. Men "Liverpul" muxlisiman. Har qanday "Liverpul" ishqibozi mening ushbu so'zlarimni qo'llab-quvvatlashiga ishonchim komil: biz uni yana ko'p yillar davomida qolishi va klubni ko'proq muvaffaqiyatlarga etaklashini istaymiz. 

Lekin, shu bilan birga juda ham xursand bo'ldim", – deydi Jerrard.

Klopp "Liverpul"ning keyingi murabbiyi haqida: "Jerrardni tanlagan bo'lardim"


Manba: skysports.com