Jeremi Doku: "Arsenal" yoki boshqalarni kuzatmaymiz. Agar "Man Siti" yaxshi o'ynasa, biz bilan raqobat qilish qiyin"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2025, 16:53
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jeremi Dokuning fikricha, Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi faqat ularning o'ziga bog'liq.

11 turdan so'ng "shaharliklar" jadvalda 2-o'rinda bormoqda va "Arsenal"dan 4 ochkoga orqada.

"Biz yangi jamoa qurmoqdamiz va hali o'z o'yinimizni yaxshilash imkonimiz bor. Biz "Arsenal" yoki boshqa jamoalarga uncha e'tibor bermaymiz, chunki yaxshi o'ynasak, hammasi faqat bizga bog'liqligini bilamiz.

Agar yaxshi o'ynasak, biz bilan raqobat qilish juda qiyin", - dedi "Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: City Xtra