

Bu haqda u El-Mon radiosining tonggi dasturida ma'lum qildi.
Futbolchining aytishicha, u yarim yil ilgari kibersport haqida tasavvurga ega bo'lgan va shu yo'nalishda ish olib borishga qaror qilgan.
Ronaldudan farqli ravishda (portugaliyalik futbolchi CNB E-sports akciyalarining ma'lum qismini sotib olgan) Pike bu borada o'zgacha yangilikka qo'l urmoqchi. Dastur haqida u to'liq to'xtalmadi, ammo bu yirik loyiha bo'lishini ta'kidladi.
2015 yilda Pike Kerad Games videoo'yinlari ishlab chiquvchi kompaniyaga asos solgandi va ayni paytda bu yerda 30 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda.


