Jeparov gol urib "Ulsan"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2015, 17:28
Janubiy Koreya K-ligasida 26-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ishtirokidagi o'yin yakuniga etdi.

“Poxang Stilers” klubini qabul qilgan “Ulsan” 1:1 hisobida durang qayd etdi. O'yinni to'liq o'tkazgan Jeparov 66-daqiqada gol urdi. 26-turdan so'ng “Ulsan Xyunday” 26 ochko bilan 12 klub orasida 10-o'rinni egallab turibdi.

Janubiy Koreya. K-liga
"Ulsan Xyunday" - "Poxang Stilers" 1:1
Gollar:
Server Jeparov 66 - Ko Mu Eol 18

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia