"Jenoa"ga qarshi o'yindan oldin "Roma" yetakchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
6 noya 2020, 22:59
"Roma" hujumchisi Edin Jeko koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qildi.

"Karantin qoidalariga amal qilishim kerak edi. Menda asosiy simptomlar yo'q. O'zimni yaxshi his qilyapman. Ruhan va qalban jamoadoshlarim bilanman", - deb yozadi futbolchi instagramida.

34 yoshli bosniyalik hujumchi ushbu mavsumda 7 o'yinda 3 gol va 1 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

6 turdan keyin "Roma" A Seriyada 8-o'rinni egallab turibdi. Rimliklarning navbatdagi o'yini 8 noyabr kuni "Jenoa"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal